uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

NBT Group jamoasi Sankt-Peterburglik INTEGRAL kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda 13-16 may kunlari Toshkent shahridagi “TIQXMMI” MTU hududida atrof-muhitni modellashtirish dasturiy ta’minoti bo‘yicha malaka oshirish kursini o’tkazdi. Kurs davomida ishtirokchilar akustik hisob-kitoblar, atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishini baholash usullarini o‘rgandilar hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun maxsus “Ekolog” dasturiy ta’minotini o‘zlashtirdilar.
Trening yakunlangach, barcha ishtirokchilar malaka oshirish sertifikatlariga ega bo‘ldilar va yuqori qiziqish ko‘rsatib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Barchaga faol ishtiroki va kasbiy rivojlanishga intilishi uchun minnatdorchilik bildiramiz!
NBT Group INTEGRAL bilan birgalikda O‘zbekistonda va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ekologik kompetensiyalarni faol rivojlantirishda davom etmoqda!
zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish