uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

Nazar Business and Technology kompaniyasi “O’zbekistonda suv ta’minoti, sanitariya va suv resurslarini iqlim o’zgarishi sharoitida favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish”doirasida loyihani ishga tushirish bo’yicha yuqori darajadagi tadbirda ishtirok etdi.
Ushbu loyiha Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladi va 2026 yil oxirigacha BMT YEIK tomonidan amalga oshiriladi. Bu ikki tomonlama tabiatni muhofaza qilish kelishuvining qo’shma loyihasi: BMT YEIK-JSST/Evropa suv va sog’liq muammolari protokoli va BMT YEIK sanoat avariyalarining transchegaraviy ta’siri to’g’risidagi Konventsiyasi.
Ikki kunlik tadbirda WASH (suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena), sanoat xavfsizligi va O’zbekistonda oqova suvlar standartlarini qayta ko’rib chiqish bo’yicha yuqori darajadagi taqdimot va texnik uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Unda Milliy hokimiyat organlari vakillari, jumladan O’zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O’zsuvtaminot” AJ, BMT agentliklari, mamlakatimizda ish olib borayotgan va hamkor tashkilotlar, ya’ni: BMT YEIK, YUNESKO, Shveysariya elchixonasi, JSST va boshqalar ishtirok etdilar.

zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish