
NBT Group jamoasi Qirg’iziston Respublikasining O’sh shahrida OTB loyihasi doirasida navbatdagi treninglar seriyasini muvaffaqiyatli o’tkazdi. Trening loyihada ishtirok etuvchi moliya instituti – “Aiyl Bank” OAJ tomonidan qabul qilingan Ijtimoiy va ekologik boshqaruv tizimi talablariga muvofiq himoya choralarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi.
Treningda bankning 20 dan ortiq xodimlari, shuningdek Qirg’iziston Respublikasi Suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi qoshidagi Qishloq xo’jaligi loyihalarini amalga oshirish bo’limining ikki nafar vakili ishtirok etdi.