uz
qayta qo'ng'iroqqa buyurtma bering

Bugun bilimlar yangi darsliklar chiqishidan ham tezroq eskiradi. Muvaffaqiyatga erishayotgan kompaniyalar , o‘zlari o‘rganishni biladigan va boshqalarga ham o‘sishga yordam beradiganlardir. NBT Group – aynan shunday kompaniya. Bu yerda ta’lim va konsalting – shunchaki alohida yo‘nalish emas, balki rivojlanishning strategik vektori.
Kompaniya ilm-fan va ta’limga alohida e’tibor qaratishi bejiz emas. Uning SЕOsi – fan nomzodi, dotsent Madina Xalmirzayeva faoliyati bevosita akademik muhit bilan bog‘liq. U Toshkent Kimyo-texnologiya institutida tahsil olgan, ko‘p yillar davomida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida ishlagan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Ekologiya va suv resurslari” kafedrasida dars bergan. Shu mustahkam ilmiy asos kompaniyaning yo‘nalishini belgilab berdi: tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, bilim almashish va yosh kadrlarga imkoniyatlar yaratish.
NBT shunday shior bor: “Kadrlarni har kuni tayyorlash kerak”. Shu sababli kompaniya talabalar va bitiruvchilar bilan faol ishlaydi. Bu yerda stajirovka – shunchaki rasmiyatchilik emas, balki haqiqiy startdir.
Talabalar universitet partasidayoq ekologiya bo‘yicha xalqaro standartlar, barqaror rivojlanish tamoyillari va monitoring amaliyotlari bilan tanishadilar. Ofisga kelgach, ular haqiqiy loyihalarga jalb qilinadilar: hisob-kitoblar, so‘rovlar, jamoatchilik tinglovlari va treninglar.
Natijalar ko’p kuttirmadi:
• Kamila Abduqodirova (TIQXMMI) kompaniyada internga aylanganida xalqaro ekologik standartlarni o‘zlashtirdi va AQShning nufuzli OTMida o‘qish uchun grant yutib oldi.
• Iroda Sharipova (WIUT, moliya, IELTS 8 ) birinchi kursda stajyor bo‘lib kelgan, bugun esa Junior Business Development Specialist.
• Elbek Shakirov (Geologiya fanlari instituti, IELTS 6.5) EBRD Methane Emissions loyihasidagi stajirovkadan so‘ng Junior Environmental Specialist bo‘ldi.
• Fotima Zokirova (Bolonya va Lodz universitetlari) nazariy loyihalarning hayotga tatbiq etilishini ko‘rib, magistrlik ishini suv resurslarini boshqarish bo‘yicha NBT Group tajribasi bilan bog‘ladi.
Kompaniya faqat talabalar bilan emas, amaliyotchi mutaxassislar bilan ham ishlaydi. NBT Group Sankt-Peterburgdagi hamkorlar bilan birgalikda ilk bor O‘zbekistonda ekologik modellashtirish bo‘yicha kurslar o‘tkazdi. Tinglovchilar havo va suv ifloslanishining hisob-kitoblarini, bioindikatsiya usullarini, akustik hisoblarni o‘rgandilar. Natijada – yangi ko‘nikmalar, sertifikatlar va bilimlarni real loyihalarda qo‘llashga tayyorlik.
NBT Group’ning faoliyati har doim amaliyotga yo‘naltirilgan. Masalan, Bishkekda jamoa Ayil Bank xodimlarini ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimini joriy etishga o‘rgatdi. O‘sh shahrida esa Osiyo Taraqqiyot Banki loyihalari uchun himoya choralariga oid treninglar o‘tkazdi. Bu yerda kompaniya shunchaki pudratchi emas, balki tajriba almashuvchi hamkor sifatida faoliyat yuritadi.
NBT Group uchun ta’lim va konsalting – yagona ekotizim. Talabalar amaliyotchilardan saboq oladilar, mutaxassislar malakasini oshiradi, kompaniyalar va davlat idoralari esa ertangi kun vazifalarini hal eta oladigan tayyor ekspertlarga ega bo‘ladilar.
Bu yerda ish hali talabalar auditoriyasidanoq boshlanadi, o‘qish esa universitetdan keyin ham tugamaydi.
Barqaror kelajak aynan shunday yaratiladi – bilim, tajriba va almashuv orqali.
zf_krest_img

    Shaklni to'ldiring va siz bilan bog'lanasiz


    Roʻyxatdan tanlang

    Iqlimning o'zgarishi
    Atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi
    IT Texnologiyalar
    Ta'lim
    IIjtimoiy rivojlanish, ko'chirish va gender masalalari
    Suv va qishloq xo'jaligini boshqarish